Bugun Shomurodovning jamoasi A Seriyada asosiy raqobatchilaridan biriga qarshi bahs olib boradi

  • 13 mart, 2021, 07:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Italiya A Seriyasida 27-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Jumladan, hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Jenoa” o‘z maydonida “Udineze”ni qabul qiladi.

Tecno

“Jenoa” – “Udineze” jamoalari bahsi Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi. Ushbu o‘yinni Futbol TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, “Jenoa” hozircha 27 ochko jamg‘argan holda A Seriya musobaqa jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. Genuyaliklarning bugungi raqibi “Udineze” esa 11-o‘rinni egallab turibdi va ular hisobida 31 ochko mavjud. Shundan ko‘rinib turibdiki, agar “Jenoa” ushbu bellashuvda g‘alaba qozonsa, “Udineze” bilan farqni 1 ochkoga etkazadi va turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarilish uchun yanada yaxshi imkoniyat xosil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!