
Bugun Superkubokni qaysi jamoa qo‘lga kiritishini bilasizmi?
Bugun O‘zbekiston Superkubogi sohibi aniqlanadi. Yo “Paxtakor”, yo “Nasaf!
Barchaning e’tibori ushbu uchrashuvga qaratilgan. Kim g‘olib chiqishini albatta o‘yindan keyin bilib olamiz. Ammo doimgidek, bahs oldidan turli taxminlar yo‘q emas.
“Qizilqum” klubi bosh direktori Hamidjon Aktamov 2020 yilgi O‘zbekiston Kubogi finali oldidan “Paxtakor”ni AGMK darvozasiga uchta gol urishi haqida fikr bildirgandi va bu yakunda o‘z tasdig‘ini topgandi.
Bu safar u Superkubok oldidan ham kim g‘olib chiqishi haqida fikrini aytdi.
“Superkubokni “Paxtakor” oladi. Katta hisob qayd etilmaydi. 1:0, 2:0 yoki 2:1 bo‘lishi mumkin”, - dedi Aktamov.
Fikrlar