Bugun terma jamoamiz "CAFA Nations Cup-2025" turnirida o‘z yurishini boshlaydi!

  • 30.08.2025 04:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham "CAFA Nations Cup-2025"" turnirida ishtirok etmoqda va "A" guruhidan o‘rin olgan. Ushbu guruhda hamyurtlarimiz Qirg‘iz Respublikasi, O‘mon va Turkmaniston bilan kuch sinashadi. 
 
Bugun terma jamoamiz O‘monga qarshi turnirdagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:30’da start oladi. Uchrashuv esa "Olimpik" stadionida bo‘lib o‘tadi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, vakillarimiz ikkinchi turni 2 sentyabr kuni Turkmanistonga qarshi o‘tkazsa, so‘nggi turda Qirg‘iz Respublikasi bilan kuch sinashadi. Mazkur to‘qnashuv 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Barcha o‘yinlar 19:30’da start olishi rejalashtirilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!