Bugun yana bir bokschimiz Olimpiada litsenziyasiga, uch nafari esa oltin medal uchun jang qiladi

  • 11 mart, 2020, 12:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun, 11 mart kuni Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo/Okeaniya bokschilari uchun litsenzion musobaqa o‘z nihoyasiga etadi.

Kun davomida to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi. Ahamiyatlisi, -51 kg vaznli bokschi qizimiz Tursunoy Rahimova Tokio Olimpiadasi litsenziyasi uchun jang qiladi.

Bugun ringga chiqadigan o‘zbekistonlik bokschilar:

-51 kg: Tursunoy Rahimova - Yutumas Jitpong (Tailand) (14:00)

-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Mohamm Alvadi (Iordaniya) (* - 20:45dan so‘ng)

-63 kg: Elnur Abduraimov - Zakir Safiulin (Qozog‘iston) (21:00dan so‘ng)

+91 kg: Bahodir Jalolov - Yustis Xuni (Avstraliya) (22:15dan so‘ng)

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!