
Bugundan Italiyada 24-tur uchrashuvlari boshlanadi. Shomurodov jamoasi qachon va kimga qarshi o‘ynaydi?
27-28 fevral kunlari Italiya chempionatida 24-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ikki kunga belgilangan o‘yinlar orasida biz uchun ahamiyatlisi "Jenoa" ishtirokidagi bellashuvdir.
Genuyaliklar bu tur haqiqiy sinovni engib o‘tishlariga to‘g‘ri keladi. Eldor Shomurodov jamoasi yakshanba kuni "Inter" bilan kuch sinashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Davide Ballardini shogirdlari turnir jadvalining o‘rtasida borayotgan bo‘lsa, Antonio Konte boshchiligidagi "ko‘k-qoralar" A Seriyada peshqadamlik qilmoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan "Jenoa" qanday raqibga duch kelganini ko‘rsatib turibdi.
Quyida A Seriya 24-tur o‘yinlari va ularning boshlanish vaqtlari bilan tanishing:
27 fevral
19:00. Spetsiya - Parma
22:00. Bolonya - Latsio
00:45. Verona - Yuventus
28 fevral
16:30. Sampdoriya - Atalanta
19:00. Inter - Jenoa
19:00. Udineze - Fiorentina
19:00. Krotone - Kalyari
22:00. Napoli - Benevento
00:45. Roma - Milan
Fikrlar