"Bugungi natija "Paxtakor" va "Nasaf" o‘rtasidagi kuchlini aniqlamaydi..."

  • 3 noyabr, 2023, 21:15
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 24-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Tecno

Mazkur uchrashuv yakuniga etgach, SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram kanalida o‘yin haqida o‘z fikrlarini yozib qoldirdi.

"Hozir ko‘pchilik "Paxtakor"ni o‘yinning finishini zo‘r o‘tkazganini "Nasaf"dan kuchli o‘ynaganiga bog‘lab yubormoqda. Aslida (menimcha, albatta) unday emas.

"Ajdarlar"ning bugungi raqibidan farqli o‘laroq bir necha kun ichida O‘zbekiston kubogi va OChLda mavsumga baho qo‘yadigan o‘yinlari bor. Qo‘shimchasiga, bu bahsdagi g‘alaba ham aslida hech narsa bermasligini qarshiliklar juda yaxshi tushunib turgan edi. Agar bugun Toshkentda 3 ochko qo‘lga kiritilganda ham "Paxtakor" qolgan o‘yinlarda ochko yo‘qotmasligini futbolni ichidagilar allaqachon anglab bo‘lgan.

"Paxtakor" kubok va OChLda muvaffaqiyatsizlikka uchragach, jon-jahdi bilan Superliga oltin medallari uchun harakat qilmoqda. Ikki jamoa bugungi o‘yinga ikki xil yondashuvda kelgan.  "Nasaf" ekonom futbol o‘ynab, 1 ochko bilan ortga qaytdi. "Paxtakor" esa bor-yo‘g‘ini tashladi.

Yakunda "sherlar" o‘yinni emas, mavsumni qutqarib qolish uchun hamla qildi.  Bugun kim uchundir hayot-mamot, yana kim uchundir hech narsani hal qilmaydigan o‘yin edi. Uning natijasi ular orasidagi kuchlini aniqlamaydi", - deyiladi kanalda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Олға насаф
04/11/2023 12:09
Насаф деярли ўйнамади бу ўйинда. Кубокни ҳам олиб ОЧЛдаги ўйинларига эътиборни қаратиши керак. Худо хохласа яхши хордиқ чиқариб Шаржани ютишига омад тилаймиз.
Шоим Зарипов
04/11/2023 09:55
Пахтакор Насафни харом тукига арзимайди
Yakibjon Saipov
03/11/2023 21:20
Пахтакор ЧЕМПИОН
&
+998945084050
03/11/2023 21:23
ПАХТАКОР.БАРБИР.ЗОР.ГАП.ЙУК
&
1234567
03/11/2023 21:54
Пахтакор эмас танташов зор