
Bum! "Olimpik" uchta katta transferni amalga oshirmoqchi
"Olimpik" nafaqat o‘z futbolchilarini jamoada olib qolishni, bakli tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishga harakat qilmoqda.
"Sports.uz" jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev xabar berishicha, Xusain Norchaev, Umarali Raxmonaliev, Ibrohimhalil Yo‘ldoshevlar yangi mavsumni "Olimpik" safida o‘tkazishi mumkin.
Ular bilan shaxsan Temur Kapadze suhbatlashgan. Olimpiya terma jamoasi ustozi legioner maqomidagi shogirdlarini yozga qadar qo‘l ostida bo‘lishi istamoqda.
"Olimpik" va OTJ safida murabbiy yuqorida nomi zikr qilingan futbolchilarga o‘yin amaliyoti berib Osiyo kubogiga qadar optimal formaga kirib olishiga yordam bermoqchi.
Fikrlar
Водий мухлислари номидан рахмат!
Олимпиада йулланмасини кулга киритиш йулида хизмат киладиган карор!