Bunaqada Husanov joyini boy beradi!

  • 27 sentabr, 22:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining oltinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Manchester Siti” o‘z maydonida “Byornli” ustidan 5:1 hisobida zafar quchib, qimmatli uch ochkoga ega bo‘ldi.

Tecno

“Shaharliklar”ning yirik g‘alabasiga mehmonlar himoyachisi Maksim Estev “yordam” berib yubordi. Frantsiyalik futbolchi “Manchester Siti”ning hujumlarini qaytarishda, ikki marta o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Bir juft avtogoldan tashqari, bitta gol Mateush Nunesh hisobiga yozilgan bo‘lsa, manchesterliklar to‘purari Erling Xoland o‘yin yakunlanishiga yaqin dubl qayd etdi va jami sakkizta gol bilan liga to‘purarlari poygasida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov o‘tgan turda jarohat olgani uchun bu gal maydonga tushmadi. 21 yoshli legionerimiz oxirgi uchta uchrashuvda o‘ynagan o‘ng qanot himoyasiga bu gal Mateush Nunesh tushirildi.

Portugaliyalik futbolchi himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari APLning yangi mavsumidagi birinchi golini ham urdi. O‘yindan keyin tajribali futbolchi o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Biz gol o‘tkazmaslikni o‘rganishimiz kerak. Mana shu “Byornli” bilan bo‘lgan o‘yindan olgan xulosamiz bo‘ldi.

O‘yinning birinchi yarmi juda qiyin kechdi. Biroq ikkinchi bo‘limda o‘yinning borishini yanada yaxshiroq nazorat qildik va muvaffaqiyat qozondik.

Bu juda yoqimli g‘alaba. Biz hali ham avvalgi darajamizga ko‘tarilishga harakat qilyapmiz. Buning uchun har bir bahsda o‘yinni to‘liq nazorat qilishimiz talab etiladi.

Har doim g‘alaba uchun to‘p tepamiz, ammo bu har doim ham oson kechmaydi, - dedi Mateush Nunesh.

Angliya Premer-ligasida oltita uchrashuvdan so‘ng ochkolari sonini o‘ntaga etkazib olgan Xosep Gvardiola shogirdlari musobaqa jadvalida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan jamoalar qatoriga qo‘shildi.

“Manchester Siti” navbatdagi uchrashuvini Evropa Chempionlar ligasi doirasida o‘tkazadi. Qit’aning eng nufuzli musobaqasida birinchi turda o‘z maydonida Italiya chempionini mag‘lubiyatga uchratgan “shaharliklar” endi Frantsiyaga safar qiladi.

1 oktyabrga belgilangan bahsda “Manchester Siti” futbolchilari “Monako” jamoasiga qarshi saf tortadi. Abduqodir Husanov bo‘lajak uchrashuvda ishtirok etishi hamon so‘roq ostida turibdi.

Gvardiola Husanovga qanday talablar qo‘ydi?

Gvardiola: Husanovni kutmang!

​“Qoya”, “Jangchi” yoki “Afsungar”: Husanovning Angliyada yana qanday laqablari bor?

Fanatlar talabi: Husanovni “Barsa”ga olib keling!

Husanov qachon maydonga qaytishining aniq sanasi e’lon qilindi!

Fanatlar Husanovdan mo‘’jiza kutyapti!

“Siti” Husanovsiz o‘ynashni o‘rganishi kerak

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!