“Siti” Husanovsiz o‘ynashni o‘rganishi kerak

  • 24.09.2025 07:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Abduqodir Husanovning “Arsenal”ga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat olgani nafaqat o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarini, balki “Manchester Siti”ning butun dunyoga yoyilgan muxlislarini bezovta qilayotgan masala bo‘lib turibdi.

Angliya futboli, xususan, “Manchester Siti” faoliyatini yoritayotgan nufuzli manbalar o‘zbek legioneri atrofidagi vaziyatni kuzatib turibdi. Sports.uz portali Evropa nashrlarining Husanovning joriy mavsumdagi o‘yinlariga berayotgan munosabatlarini o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi.

Adam Marrett, esteemedkompany.com sayti eksperti:

“Manchester Siti”ning oxirgi uchta uchrashuvida Abduqodir Husanov boshlang‘ich tarkibda o‘ng qanot himoyachisi sifatida maydonga tushdi. Tezkorligi, kuch-quvvati, o‘z vaqtida to‘pga tashlanish qobiliyati uni muammoli hisoblangan o‘ng qanot himoyasida o‘ynash uchun asosiy da’vogarga aylantirdi. Afsuski, “Emireyts” stadionida bo‘lgan uchrashuvda Abduqodir jarohat oldi va hamma uni tezroq safga qaytishini kutyapti.

“Arsenal” va “Manchester Siti” to‘qnashuvida birinchi bo‘limning eng yorqin vaziyatlari Abduqodir Husanovning o‘yini bilan bog‘liq. 21 yoshli himoyachi o‘ng qanotda raqib hujumchisi Leandro Trossarni to‘liq yopib qo‘ydi. Abduqodir tezligi va himoyalanish qobiliyati bilan yaqqol ajralib turdi. Trossar oldinga o‘tib ketgan va Husanov uzoqda bo‘lishiga qaramay, tezligi evaziga raqibdan o‘zib ketib, to‘pni olib qo‘ygan vaziyat hamoa muhokamalarga sabab bo‘lyapti.

Afsuski, birinchi bo‘lim oxirida “Arsenal” markaziy himoyachisi Gabriel Husanovni oyog‘ini bosib olishi oqibati Abduqodirga shikast etdi va tanaffusgacha o‘ynagan futbolchi o‘rnini Mateush Nuneshga bo‘shatib berdi.

Ayni paytda Xosep Gvardiola Husanovning jarohati jiddiy emasligiga umid qilyapti. Chunki yosh hujumchi jamoaning asosiy o‘ng qanot himoyachisiga aylanib ulgurdi. Garchi Husanov hujumkorlikda hali Riko Lyuis va Mateush Nunesh darajasiga chiqmagan bo‘lsa-da, himoyalanish borasida ulardan ancha ustue. Husanovning tezligi “Manchester Siti” himoya chizig‘idagi eng qadrli omilga aylanib bormoqda. Shu tariqa, Husanov Gvardiola tarkibida eng muhim figuralardan biriga aylandi.

Hozircha, Abduqodir qancha vaqt maydondan tashqarida bo‘lishi noaniq. Hamma uning tiklanish jarayoni uzoq vaqt olmasligidan umidvor. Chunki Husanov o‘ng qanotdagi asosiy himoyachi darajasiga ko‘tarilib oldi.

Darren Luni, manchestercity.news sayti eksperti:

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qishki transferlar davrida jamoaga qo‘shilgan Abduqodir Husanov uzoq yillar davomida “Etixad”da muvaffaqiyatli faoliyat yuritishidan umidvor ekanini yashirmayapti.

Jamoaga yangi qo‘shilgan o‘yinchilardan bir nechtasi “shaharliklar” tarkibidagi o‘yinlarini juda yaxshi boshladi. Lekin Xosep Gvardiola ular orasidan bittasining talantini alohida tilga olib, unga juda yuqori baho beryapti.

Bu qishda “Lans”dan 33,8 million funt sterlingga transfer qilingan Abduqodir Husanovdir. O‘zbek legioneri 2025-2026 yilgi mavsumni ajoyib boshladi. Angliya Premer-ligasida “Manchester Yunayted” va “Arsenal”, Evropa Chempionlar ligasida “Napoli”ga qarshi yangi pozitsiya – o‘ng qanot himoyasidagi o‘yini bilan hammada zo‘r taassurot qoldirdi.

Gvardiola asli markaziy himoyachi bo‘lgan Husanovning bir nechta pozitsiyada o‘ynash imkonini berayotgan universalligidan hayrat tushganini tan oldi. Pepga 21 yoshli o‘yinchining ishonchli,  barqaror o‘yini, intiluvchanligi va diqqatini jamlay olish qobiliyati ham juda ma’qul keldi. 

Husanovning universalligi undan turli taktik sxemalar va pozitsiyalarda foydalanish imkonini beradi. Bunaqa holat “shaharliklar”ning boshqa himoyachilari faoliyatida ham kuzatilgan. Xususan, Jon Stounz markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, zarur paytda o‘ng qanot va hatto tayanch zonada ham o‘ynagan.

Asli markaziy himoyachi bo‘lgan Husanov ham o‘ng qanotdagi o‘yinlari bilan ilgari “Manchester Siti”da asosiy figura bo‘lgan Kayl Uokerning eng kuchaygan davridagi darajasiga chiqib olganini namoyish qildi.

Husanovning jismoniy ko‘rsatkichlari, xususan, klubda eng tezkor futbolchilardan biri ekani, unga kelajakda ham o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyani o‘zida ulab qolishi va muntazam boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishini ta’minlaydi.

O‘zbek futbolchisida “Manchester Siti”ning eng muvaffaqiyatli o‘yinchilaridan bo‘lish uchun juda katta imkoniyat bor. Bu esa, birinchi navbatda, Abduqodirning o‘ziga, salohiyatini qay darajada rivojlantira olishiga bog‘liq bo‘ladi.

Bu adolatdan emas! “Siti” sardori Husanov jarohatiga munosabat bildirdi
Endi Husanov ham, Xoland ham o‘ynamaydi!
Husanov – eng katta yo‘qotish!

Bizga Husanov etishmadi! “Siti” fanatlari Husanov haqida yana nimalar deyapti?

Turkiyani “yondirayotgan” Shomurodovni Italiyada qo‘msab qolishdi!

Husanov va Xolandning yo‘li ayrilishi mumkin...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!