Bunaqasi 2003 yildan buyon kuzatilmagan edi

  • 07.02.2020 07:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha bo‘lib o‘tgan chorak final belllashuvlaridan so‘ng "Barselona" va "Real" o‘zlarining Ispaniya kubogidagi yurishlarini to‘xtatishdi. Nimchorak finalda esa "Atletiko" kubokni tark etgan edi.

Gracenote nashrining yozishicha 2002/2003 yilgi mavsumdan buyon ilk bor Ispaniya kubogi yarim finalida yuqorida nomlari tilga olingan 3 ta grand klubsiz o‘tadigan bo‘ldi. Aniqrog‘i, ularning birortasi so‘nggi 17 yil ichida ilk bor yarim finalga chiqa olmadi.

Eslatib o‘tamiz, dastlab "Atletiko" 1/16 finalda "Leonese"ga, keyinroq esa "Real" 1/4 finalda "Real Sosedad"ga, "Barselona" esa "Atletik"ga yutqazib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
07/02/2020 07:33
Мафия иши точно