
Bunaqasi bo‘lmagan: Xoland o‘z nomini Angliya tarixiga mixlab qo‘ydi
Angliya Premer-ligasining to‘rtinchi turida amalagi chempion “Manchester Siti” o‘z maydonida “Brentford” ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.
Manchesterliklarga g‘alaba keltirgan har ikki gol muallifi Erling Xoland Angliya futboli tarixiga o‘z nomini yozdirib qo‘ydi.
Gap shundaki, dubldan keyin norvegiyalik to‘purarning dastlabki to‘rtta turda raqiblar darvozasiga kiritgan gollari soni to‘qqiztaga etdi. Hali Premer-liga tarixida biror boshqa futbolchiga bunaqa samaradorlik nasib qilmagan edi. Bu haqda statistikaga ixtisoslashgan Squawka markazi xabar berdi.
Erling Xoland “Manchester Siti”ga kelganidan buyon barcha turnirlarda 103 ta uchrashuv o‘tkzib, 99 ta gol va 14 ta assist muallifi bo‘lgan.
Fikrlar