Bunaqasi "Manchester Yunayted" tarixida so‘nggi marta 1930 yilda bo‘lgan edi

  • 2 noyabr, 2023, 10:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" zamonaviy antirekordlarni yangilashda davom etmoqda.

Tecno

Erik ten Xag shogirdlari Liga kubogi 1/8 finalida o‘z maydonida “Nyukasl”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:3). "Qizil iblislar" uchun bu mavsum boshlangandan beri o‘nta uy uchrashuvidagi beshinchi mag‘lubiyat bo‘ldi va ushbu holat 1930/31 yilgi mavsumdan beri eng yomon natija.

Avvalroq, "Manchester Yunayted" "Old Trafford" muxlislarini ranjitib, "Manchester Siti" (0:3), "Galatasaray" (2:3), "Kristal Pelas" (0:1) va "Brayton"ga (1:3) mag‘lub bo‘lgandi.

Mankunianliklarni oldinda ketma-ket "Fulxem" va "Kopengagen"ga qarshi ikkita safar o‘yini bor. Jamoa navbatdagi uy uchrashuvini 11 noyabr kuni "Luton"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!