Bundesliga. "Bavariya" qiyinchilik evaziga g‘alaba qozondi

  • 22 avgust, 2021, 23:19
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya Bundesligasi 2-turidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Kyoln" uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Unda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Robert Levandovski 50-daqiqada hisobni ochdi. Serj Gnabri oradan biroz vaqt o‘tib 2-golni kiritgan bo‘lsa, mehmonlar safida Entoni Modeste hamda Mark Ut muvozanatni tikladi. Biroq 71-daqiqada darvozani ishg‘ol etgan Gnabri jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa, myunxenliklar ochkolari sonini 4 taga etkazib olgan holda, 4-pog‘onaga joylashdi. 8-o‘rindagi "Kyoln" 3 ochko jamg‘argan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!