
Bundesliga klubi 3 nafar a’zosida koronavirus aniqlanganiga qaramasdan, mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda
Germaniyaning “Kyoln” klubi o‘zida koronavirus bilan bog‘liq 3 ta holat qayd etilganini ma’lum qildi.
Payshanba kuni jamoa a’zolari, futbolchilar va murabbiylar koronavirusga qarshi test topshirishgan edi. Natijada esa ularning 3 tasida virus borligi aniqlangan. Ammo, ularda kasallik alomatlari mavjud emas. Endi ular 2 haftalik karantinda bo‘lishadi.
“Kyoln” koronavirus chiqqan odam futbolchimi yoki murabbiy ekani borasida oydinlik kiritmagan. Jamoa ayni damda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Ular Bundesligada 32 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turishibdi.
Fikrlar