Bundesliga. "Leyptsig" "Shalke-04"ni mag‘lubiyatga uchratib, yana peshqadam bo‘lib oldi

 

Germaniya chempionati 13-turida "Shalke-04" futbolchilari mavsum kashfiyoti "Leyptsig" bilan safarda kurash olib bordi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan o‘yinda "Leyptsig" 2:1 hisobida zafar quchib, ochkolari sonini 33 taga etkazib oldi va Bundesligada yana peshqadamga aylandi. 

Ikkinchi o‘rinda borayotgan "Bavariya" hisobida 30 ochko bor. 

Leyptsig – Shalke 2:1

Gollar: Verner, 2 (penalti), Kolashinats, 47 (avtogol) – Kolashinats, 31

Leyptsig: Gulashi – Shmitts (Kayzer, 23), Ilzanker, Orban, Xalstenberg – Sabittser, Keyta, Demme, Forsberg (R. Xedira, 90+1) – Yurari Poulsen, Verner (Berk, 83).

Shalke: Fermann – Xevedes, Naldo, Nastasich – Gays (Riz, 86) – Shepf (Junior, 86), Gorettska, Bentaleb (Konoplyanka, 81), Kolashinats – Mayer, Chupo-Moting.

Ogohlantirishlar: Xalsterberg – Fermann, Nastasich, Shepf, Xevedes, Bentaleb

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!