Bundesliga. Markaziy o‘yinda mezbonlarning qo‘li baland keldi
Bundesliga 11-turidan o‘rin olgan "Leyptsig" - "Borussiya" Dortmund uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 29-daqiqada Nkunku hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 52-daqiqada Roys muvozanatni tikladi. Biroz o‘tib Poulsen mezbonlarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
Ushbu natijadan so‘ng "Leyptsig" ochkolarini 18 taga etkazib olib, Germaniya chempionati turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 24 ochkoga ega dortmundlklar ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar