
Bundesliga to‘purarlaridan biri yangi mavsumni "RB Leyptsig"da boshlaydi
Bild nashrining xabar berishicha, "Ayntraxt"ning portugaliyalik hujumchisi Andre Silva yangi mavsumni "RB Leyptsig" safida boshlaydi.
Yuqoridagi manbaga qaraganda, "RB Leyptsig" 25 yoshli futbolchining transferi uchun frankfurtliklarga 22 mln evro to‘laydi. Ammo ushbu summa kelajakdagi bonuslar hisobiga 35 million evroga aylanishi mumkin.
Silvaning o‘zi yangi jamoasida yiliga 4 million evro maosh oladi.
Andre Silva yakunlangan mavsum Bundesligada raqiblar darvozasiga 28 ta gol urdi va "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskidan so‘ng chempionat to‘purarlari poygasida 2-o‘rinni egalladi.
Fikrlar