Bundesligada bulardan zo‘ri yo‘q!

  • 1 iyun, 2023, 08:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Statistika bilan shug‘ullanadigan  Whoscored portali rasmiy saytida Bundesliganing eng yaxshi futbolchilaridan iborat mavsumning ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

Sayt talqiniga ko‘ra, Germaniya chempionatining eng zo‘r futbolchisi nomiga «Borussiya» yarim himoyachisi Jud Bellingem loyiq topildi.

Ramziy jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Frederik Ryonnov («Union», 7,0 ball).

Himoyachilar: Jeremi Frimpong («Bayer», 7,1 ball), Benjamen Pavar («Bavariya», 7,2 ball), Niko Shlotterbek («Borussiya» Dortmund, 7,1 ball), Rafael Gerreyru («Borussiya» Dortmund, 7,3 ball).

Yarim himoyachilar:  Dominik Soboslai («RB Leyptsig», 7,3 ball), Jud Bellingem («Borussiya» Dortmund, 7,6 ball), Yozua Kimmix («Bavariya», 7,5 ball), Jamol Musiala («Bavariya», 7,3 ball).

Hujumchilar: Niklas Fyullkrug («Verder», 7,4 ball), Randal Kolo Muani («Ayntraxt», 7,3 ball).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!