Bundesligada eski kartina: “Borussiya” bu safar ham bunga nuqta qo‘yolmaydimi? (prevyu)

  • 6 mart, 2021, 20:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da Myunxendagi “Alyants arena”da “Bundesliga klasikosi” bo‘lib o‘tadi. Peshqadam “Bavariya” o‘z uyida ancha qiyin ahvolga tushib qolgan Dortmundning “Borussiya”sini mehmon qiladi. Ushbu uchrashuv, shubhasiz, Germaniyada yil o‘yini bo‘lishi aniq, shu sababli, muxlislarning bu o‘yinga bo‘lgan qiziqishi ancha yuqori. Biz esa, o‘yin haqida batafsilroq to‘xtalishni lozim deb topdik, o‘ylaymizki, bu siz uchun qiziq bo‘ladi. Demak, boshladik!

Tecno

Xabaringiz bor, Germaniya Bundesligasida chempion jamoa nomi deyarli 8 mavsumdan beri o‘zgarmayapti. Ha, “Bavariya”ning darajasi boshqa Bundesliga klublarinikiga qaraganda ancha yuqorilab ketgani bor gap, biroq baribir o‘sha jamoalar orasida myunxenliklar uchun boshqalarga nisbatan ko‘proq raqobat uyushtira oladigan jamoa bo‘lishi kerak. Ayni shu ta’riflar “Borussiya” Dortmundga juda mos tushadi. E’tibor bersangiz, “nemis mashinasi”ning “asalarilar” bilan o‘tadigan 2-davra uchrashuvi odatda, so‘nggi yillarda mavsum chempioni nomini aniqlab beradi yoxud chempionlik uchun kurashni yanada avjiga chiqarib yuboradi. Ushbu logika deyarli 4-5 mavsumdan beri o‘z tasdig‘ini topib kelmoqda. Shunday ekan, bu o‘yinni oddiy derbi sifatida emas, finaldek ko‘rish lozim. Dastlab, jamoalarning holatiga to‘xtalamiz.

EvyAvP3WEAEGd_c

“Bavariya”

Bundesliganing ortda qolgan 23 turidan so‘ng, 52 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib turgan “Bavariya” o‘tgan mavsumdagiga qaraganda o‘ta engilmasdek ko‘rinmayapti, nazarimizda. To‘g‘ri, tig‘iz taqvim, og‘ir o‘yinlar hamda dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Klublar o‘rtasidagi JChning qoldirilganligi ham bunga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Lekin, baribir jamoada muammolar yo‘q emas. Yaqingacha jamoaning bosh murabbiyi Xans Diter-Flikning rahbariyat bilan transferlar masalasida tortishib qolgani-yu, uning klubni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar chiqib turgan edi. Biroq Qatardagi Mundial o‘tgach, bunday xabarlar chiqmay qo‘ydi: rahbariyat uni tushundi shekilli, birin-ketin ajoyib transferlarga qo‘l urdi. Ularning orasida “Leyptsig”dan xarid qilingan Dayo Upamekano transferini alohida ta’kidlab ko‘rsatsak, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ko‘pchilik, yozda Upamekanoning Myunxenga kelishini eshitgach, Germaniyada raqobat butkul tugashini taxmin qilishdi. Bu taxmin qanchalik o‘zini oqlashini kelgusi mavsumda bilib olamiz. Xo‘sh, jamoaning kayfiyati qanday? Ular barcha turnirlar doirasidagi so‘nggi 10 uchrashuvda 8 bor g‘alaba qozongan, 1 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Shuni alohida ta’kidlash joiz: “Bavariya” so‘nggi 2 bahsda raqiblari darvozasiga 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi, bundan kelib chiqadiki, jamoada gol urish bilan bog‘liq muammo yo‘q. Yagona aytarli muammo - himoya chizig‘idagi kamchilik. Pavar yo‘qligi sababli uning pozitsiyasida Flik Zyuleni o‘ynatishga majbur bo‘lmoqda. To‘g‘ri, bu qaysidir ma’noda o‘zini oqladi - qanotda muvaffaqiyatli o‘ynagan Niklas gollarda ishtirok etdi, biroq gol o‘tkazib yubormaslik himoyachi uchun muhimroqdek. Shu sabab, jamoa Pavarning qaytishini kutishga majbur. Yaxshi xabar: Myuller va Gnabri asosiy tarkibga qaytib, jamoaga yordam berishni boshlab yuborishdi - “gol mashinasi” endi tinmaydi.

Taxminiy tarkiblar: Noyer; Zyule, Boateng, Alaba, Devis; Kimmix, Goretska; Sane, Myuller, Gnabri; Levandovski.

Evuu0zUXAAIK3w6

“Borussiya” Dortmund

Bosh murabbiy Lyusen Favr ketgach, uning o‘rniga tayinlangan Edin Terzich jamoani qabul qilib olganidan so‘ng, 4 ta uchrashuvda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Dortmundliklar Terzich qo‘liga o‘tganidan keyin Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida “Sevilya”ni mehmonda engdi, Germaniya Kubogi chorak finalida esa Gladbaxning “Borussiya”sini taslim etib, yarim finalga yo‘l oldi. Bundesligada esa 2 oson raqib (“Arminiya” hamda “Shalke-04”)ni mag‘lub etib, suv va havodek zarur bo‘lgan ochkolarni qo‘lga kiritishdi. Ushbu natijalardan so‘ng, 4-o‘rindagi “Ayntraxt” Frankfurt bilan oradagi farq 3 ochkogina qoldi. “Asalarilar”ning kelasi mavsum EChLga chiqish uchun astoydil kurashayotgani bejiz emas. Sababi jamoaning yosh yulduzi Erling Xoland klubda qolishi uchun jamoa kamida EChLga chiqishi shart. Uning o‘zi buni aytgan. Qaysidir ma’noda, bu motivatsiya ham. Mayli, bu o‘z yo‘liga. Asosiy muammo jarohatdagi futbolchilardadir. Jamoaning asosiy futbolchilari hisoblanuvchi Jeydon Sancho, Rafa Gerreyru, Aksel Vitsel hamda Jovanni Reyna bugungi o‘yinda “Borussiya”ga yordam bera olmaydi. Lekin ularning o‘rnini to‘ldiruvchi nomzodlar ham yo‘q emas, shu sabab, dortmundliklardan ko‘p narsa kutamiz. Ular bugun g‘alaba qozonadigan taqdirda, kuchoi to‘rtlikka kirib oladi va “Bavariya”ning chempionlik poygasidagi shahdam yurishiga nuqta qo‘yaadi. Ayni damda myunxenliklarni “Leyptsig”dan atigi 2 ochko ajratib turibdi. Shunday ekan, “sariq-qoralar”ning g‘alabasi chempionat intrigasi nuqtai nazaridan ham o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Taxminiy tarkiblar: Xitts; Morey, Jan, Xummels, Shults; Dileyni, Dahud; Azar, Brand, Roys; Xoland.

EvuvyH-WQAEhUKi

Murabbiylar fikri

Xansi Flik:

Dortmundliklarga qarshi bahs har doim o‘zgacha o‘tadi. Bunga tarixdan ko‘plab misollar keltirishimiz mumkin. Ular bilan o‘tgan o‘yinda doimo eng yuqori darajada o‘ynashga majbur bo‘lamiz. “Borussiya” - iste’dod va mahorat yig‘ilgan jamoa. 

Bizning o‘z o‘yin strategiyamiz bor va asosiy maqsadimiz ularning ixcham himoyasini buzib o‘tish. Bizda ham ulardagi singari ulkan hujum salohiyati mavjud, biroq himoyani ham unutib qo‘ymaslik zarur”.

Evt73PvXcAAEnrR

Edin Terzich:

“Bavariya” dahshatli jamoa. Unga qarshi allaqanday taktikalar o‘ylab topish va shu asosida o‘ynash, menimcha, foyda berishi juda qiyin. Lekin, bunday o‘ylamasligimiz kerak. Har qanday jamoa bir kun engiladi. Mening maqsadim - “Borussiya”ning “Bavariya”ga qarshi o‘yinlardagi g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘yish. Bu juda qiyin, ammo iloji yo‘q ish emas. Xuddi shu ishni “Ayntraxt” ham amalladi. Demak, hammasi o‘z qo‘limizda!

Introducing-Borussia-Dortmunds-new-manager-Edin-Terzic

Xulosa o‘rnida

Bugungi o‘yin haqida biron taxmin bildirish ham xatodek, nazarimizda. Shunchaki o‘yindan zavq olish bugun bizga zarur. Ikki gol mashinasi to‘qnashuvining o‘ziyoq hammani qiziqtirishi aniq. Shunday ekan, o‘yin zerikarli o‘tmasligiga ishonchimiz komil. Taxmin sifatida esa, myunxenliklarning minimal hisobdagi g‘alabasini keltirishimiz mumkin, sababi aynan ularning bugungi o‘yindagi imkoniyatlari ko‘proq tosh bosmoqda. Albatta, bu shunchaki taxmin. Barchasi maydonda hal bo‘ladi!

Evv-mKqWEAAMnEy_1

Abdulla Mannonov tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!