Bundesligada mavsum bekor qilinishi mumkin
Germaniyada koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqini boshlandi. Shu bois Bundesligada mavsumning davom ettirilishi xavf ostida qoldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Mamlakatda karantin qoidalari yumshatilgach, Covid-19 ga chalinish holatlari keskin o‘sishni boshladi. Aytish kerakki, bundan avvalroq Bundesligada mavsum 9 maydan davom ettirilishi ma’lum qilingan edi.
Endi Germaniya hukumati mamlakatda karantin qoidalarini yana kuchaytirishi kutilmoqda. Buning ortidan esa chempionat o‘yinlari ham bekor qilinishi mumkin.
Hozirgacha Germaniyada jami 160 ming insonda koronavirus aniqlangan. Shularning 6 mingdan ortig‘i kasallik oqibatida vafot etgan.
Fikrlar