Bundesligada narxi eng balandlagan futbolchilar kimlar?
Nufuzli "Transfermarkt" portali mutaxassislari Germaniya chempionatidagi ayrim futbolchilarning yangilangan narxini e’lon qildi.
Yangilanishdan so‘ng eng qimmatlashgan futbolchi "Bavariya" va Frantsiya terma jamoasi futbolchisi Maykl Olise bo‘ldi. Uning narxi 30 millionga oshib, 130 millionga evroga etdi. Undan keyingi pog‘onani "Ayntraxt" yarim himoyachisi Jan Uzun (+27 million evro ) egalab turibdi. Turkiyalik futbolchining joriy qiymati 45 million evro bo‘lib turibdi.
Uchinchi o‘rinni 18,5 million evroga narxi oshgan ikki nafar futbolchi egallab turibdi. Ular "Leyptsig"dan Yan Domande va "Bavariya"dan Lennart Karl. Ularning oldingi narxi 1.5 million evroni tashkil etgan, ayni vaqtda esa ular 20 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar