Bundesligada o‘tkazilgan test natijalari e’lon qilindi. Yaxshi xabarlar yo‘q

  • 04.05.2020 20:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya futbol ligasi (DFL) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, nemis klublaridagi futbolchi va xodimlarda koronavirus bilan bog‘liq jami 10 ta holat qayd etilgan.

Bir necha kun oldin Birinchi va Ikkinchi Bundesligada faoliyat olib boruvchi jami 1724 ta inson koronavirusga qarshi test topshirgan edi. Ushbu test natijalariga ko‘ra 10 nafar insonda Covid-19 aniqlangan.

Yana bir necha kundan so‘ng futbolchi va xodimlar yana bir bor testdan o‘tkaziladi. Agar shunda virus bilan bog‘liq birorta holat aniqlanmasa, jamoalarga umumiy guruhda shug‘ullanish uchun ruxsat beriladi.

Bundan avvalroq, Bundesligada 15 maydan mavsum tiklanishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!