
Bundesligaga qaytgan "Shalke"ni yangi mavsumda qaysi murabbiy boshqarishi aniq
"Arminiya" klubining sobiq bosh murabbiyi Frank Kramer "Shalke"ning yangi bosh murabbiyi bo‘ladi.
Kicker nashri xabariga ko‘ra, tomonlar mehnat shartnomasining barcha tafsilotlarini hal qilishgan va shartnoma imzolangani haqida 7 iyun kuni rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
50 yoshli nemis mutaxassisi shu yilning aprel oyida “Arminiya” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan edi. Aytish kerakki, u bu jamoada 1 yildan ortiqroq davr mobaynida faoliyat yuritdi.
Eslatib o‘tamiz, “Shalke” bu mavsum ikkinchi Bundesligada g‘olib chiqdi va 34 o‘yinda 65 ochko to‘plagan holda Bundesligaga ko‘tarildi. Elitaga yo‘l olgan ikkinchi klub esa "Shalke"dan atigi ikki ochko ortda qolgan "Verder" bo‘ldi. Uchinchi o‘rin “Gamburg”ga nasib etdi.
Fikrlar