"Bunyodkor" - "Paxtakor". Jamoalar qanday libosda o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tur doirasidagi eng qiziqarli tarzda o‘tishi taxmin qilinayotgan uchrashuvlardan birida “Poytaxt derbisi” kuzatiladi. Unda “Bunyodkor” “Paxtakor”ga qarshi bahs olib boradi.

PFL rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur uchrashuvda “qaldirg‘ochlar” ko‘k-ko‘k-ko‘k rangdagi liboslarda maydonga chiqishadi. “Sherlar” esa oq futbolka, oq shorti hamda oq getrilarda harakat qilishadi.  

Ta’kidlash joiz, “Bunyodkor” — “Paxtakor” o‘yini 31 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 17:00da start oladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!