
"Bunyodkor" bosh murabbiyi: "Ikki jamoa ham bir xil taktikada o‘ynadi"
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi doirasida “Neftchi” – “Bunyodkor” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Murod Otajonov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Chiroyli o‘yin bo‘lganga o‘xshaydi. Bu Kubok o‘yini edi. Bir tomondan yigitlarga rahmat. Yoshlarimizning ko‘pini sinab ko‘rdik. Mana shunday yaxshi jamoa bilan bahsda maydonga tushirdik, qarasak kelajagimiz yaxshi ekan deb o‘yladim. Kubok boshqacha, chempionat boshqacha. Kubok – bu qisqa muddatli musobaqa. G‘alaba bo‘lganda undan ham yaxshi bo‘lardi. Durangni ham yaxshi natija deb hisoblayman. Bundan keyin yana yoshlarga ishonch bildirishda davom etamiz. Ishonchni oqlashyapti.
Ikkala jamoa bir xil taktika bo‘yicha o‘ynadi. Shaxmat singari kimdir tezroq yo‘l topa olsa g‘alabaga erishadi. “Neftchi” ikkinchi raqam ostida qarshi hujumda o‘ynashni boshladi. Biz ham shunday harakat qildik. Ko‘rib turibsizlar, natija – 0:0. Bu teng kuchli jamoalar o‘ynaganidan dalolat.
Bunaqa maydon bilmadim yana qaerda bor? “Bunyodkor”da ham shunday. U20 Osiyo chempionatida “Bunyodkor”da ham, shu stadionda ham o‘ynashdi. “Paxtakor”ni ham maydoni yaxshi.
Fikrlar