
"Bunyodkor" futbolchisi "Navbahor"ga o‘tishga yaqin
"Bunyodkor" bilan amaldagi shartnomasi yakunlangan himoyachi Dilshod Ahmadaliev jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi.
SPORTS.UZ saytiga ma’lum bo‘lishicha, himoyachi faoliyatini "Navbahor"da davom ettirishi kutilmoqda. "Lochinlar" o‘tgan yili ham Ahmadalievni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgandi, biroq "Bunyodkor" futbolchini qo‘yib yubormagandi.
Ma’lumotlarga qaraganda, himoyachi xizmatiga AGMK jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli himoyachi yakunlangan mavsumda 17ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar