
"Bunyodkor" Karimov bilan shartnomani bekor qildi
"Bunyodkor" klubi Sarvar Karimov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Bu haqda O‘zPFL ma’lum qildi.
28 yoshli posbon faoliyati davomida "Lokomotiv", "So‘g‘diyona", "Bunyodkor", "Qo‘qon-1912" kabi jamoalarda ham o‘ynagan. Uning keyingi jamoasi hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, Karimov joriy mavsum Superligada 5 ta o‘yin o‘tkazdi.
Fikrlar