"Bunyodkor" kimlar bilan shartnoma imzoladi? (Foto)

  • 19.12.2021 16:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

18 dekabr kuni “Bunyodkor” futbol klubi ofisida yangi yosh va iqtidorli bo‘lgan futbolchilar bilan mehnat shartnomalarini imzolash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Farg‘onaning “Neftchi” U-18 jamoasi tarkibida 2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston chempionligiga erishishgan 4 nafar futbolchi va murabbiy o‘zlarining keyingi taqdirlarini “qaldirg‘ochlar” bilan bog‘lashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2021-12-18_15-48-31

“Neftchi” U-18 jamoasiga oltin medallarni keltirgan bosh murabbiy Aziz Alijonov hamda futbolchilar Muhammadali Xolmatov, Humoyun Bozorboev, Oblayorbek Rahmatov va Odiljon Nabiev har biri “Bunyodkor” klubi bilan 3 yilga mo‘ljallangan professional mehnat shartnomasiga imzo chekishdi.

photo_2021-12-18_15-49-17

Ta’kidlab o‘tish joiz, M.Xolmatov va O.Rahmatov yaqinda, 6-15 dekabr kunlari tashkil etilgan O‘zbekiston U-18 yoshlar terma jamoasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashgan edilar.

photo_2021-12-18_15-49-46

- Futbol ishqibozlariga o‘zining o‘yinchilik davridan buyon judayam yaxshi tanish Aziz Alijonov U-21 yoshlar jamoamiz murabbiylar shtabiga qo‘shiladi. Kelajakdagi rejalarimizni batafsil bayon etganimizda, menimcha, ular yosh mutaxassisga manzur keldi.

“Neftchi” safida 2021 yili o‘z yosh toifalarida chempionlikni qo‘lga kiritgan iqtidorlarni jamoamizga olib kelganimizdan xursandmiz. Ishonamizki, qisqa vaqt ichida ular asosiy jamoa eshiklarini zabt etishadi. Biz har doim asosan yoshlarga e’tibor qaratamiz. Mavsum startiga qadar tarkibimizga yana boshqa bir qancha iste’dodli futbolchilarni jalb etishni mo‘ljallaganmiz, - dedi yangi futbolchilar bilan shartnomalar imzolash chog‘ida “Bunyodkor” futbol klubi direktori Ulug‘bek Mirzaev.

photo_2021-12-18_15-51-09

photo_2021-12-18_15-50-18

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!