"Bunyodkor" klubi "Rubin" bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Ko‘rikdagi futbolchilar sinovdan o‘tkazildi

  • 11 yanvar, 2021, 21:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Marat Miftaxuddinov murabbiyligidagi «Bunyodkor» bugun ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Murabbiylar shtabi poytaxtning «Rubin» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ko‘rikda bo‘lib turgan futbolchilarning xizmatidan foydalandi. Shuningdek, o‘rinbosarlar tarkibidan jalb qilingan o‘yinchilar ham maydonga tushdi.

Bellashuvda «Rubin» hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda to‘liq yangilangan tarkib mehmonlar darvozasini uch bor ishg‘ol qildi. Muslim Qurbonov dublini nishonlagan bo‘lsa, yana bir golga Abduqodir Hamraliev mualliflik qildi. Bellashuvdan so‘ng, ko‘rikdagi aksar o‘yinchilarga ruxsat berildi.

Ko‘rikdagi futbolchilar o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishidan avval, o‘tgan mavsum jamoaning asosini tashkil qilgan o‘yinchilar jismoniy yuklamalarga asoslangan mashg‘ulotlarda qatnashdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

«BUNYoDKOR» - «RUBIN» - 3:1 (0:1)

11 yanvar. Toshkent. «Bunyodkor» akademiyasi maydoni.

Gollar: Muslim Qurbonov (2ta), Abduqodir Hamraliev

«Bunyodkor»: Ravshan Yagudin, Javohir Ro‘ziev, Islomjon Karimov, G‘ayrat Azizxo‘jaev, Muhammadali G‘iyosov, Ruslan Akchurin, Saidmahmudxon G‘ulomov, Bahodir Abduvaliev, Shamsiddin Sa’dullaev, Islom Ismoilov.

Zaxiradagilar: Umid Hamroev, Bahodir Daminov, Mirjalol Mirsaitov, Muslim Qurbonov, Abdulloh Mahkamov, Nozim Rustamov, Humoyun Sherbo‘taev, Aram Markaryan, Emil Lelanu, Abduqodir Hamraliev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!