“Bunyodkor” klubida yana moliyaviy muammo yuzaga kelmoqda

  • 29 noyabr, 2021, 15:28
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ijtimoiy tarmoqlarda "Bunyodkor" klubida moliyaviy muammo sabab xodimlarga ikki oylik maoshlar to‘lab berilmagani borasida ma’lumotlar tarqaldi. Toshkent shahar Davlat mehnat inspektsiyasi ushbu holatni o‘rgandi.

Tecno

O‘rganish davomida, ayni vaqtda klub tomonidan jami 393 nafar xodimlarga nisbatan oktyabr oyi uchun 1 mlrd 532 million 216 ming so‘m miqdoridagi oylik maoshlari to‘lab berilishi kechiktirilgan. Shuningdek, hozirda klub homiysi “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan mablag‘lar ajratilayotganligi va xodimlarga ushbu to‘lovlarni to‘lab berish harakatlari amalga oshiralayotganligini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, “Bunyodkor” futbol klubi bosh direktori U.A.Mirzaev nomiga xodimlarga oylik ish haqi bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlikni bartaraf qilish hamda keyinchalik oylik ish haqlarini o‘z muddatida to‘lash bo‘yicha Davlat mehnat isnpektsiyasi tomonidan yozma ko‘rsatma kiritildi, - deyilgan Toshkent shahar Davlat mehnat inspektsiyasi rasmiy saytida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!