
"Bunyodkor" "Mash’al"ning ikkita goliga javob qaytara olmadi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi ham reja asosida chempionatning navbatdagi turiga tayyorgarligini davom ettiryapti.
Bugun Shuhrat Maqsudov boshchiligidagi “qaldirg‘ochlar” “Masha’l”ga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etishdi. Lekin ushbu uchrashuvda “Bunyodkor” muborakliklarga 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.
“Mash’al”dan Humoyun Murtazoev hamda Samuel Chigozi tomonidan kiritilgan gollar o‘yin taqdirini hal qildi.
“Bunyodkor”: Ravshan Yagudin, Suhrob Izzatov, Avaz O‘lmasaliev, Abdulla Abdullaev, Muhammadodil Qahramonov, Lutfulla To‘raev, Ibrohim Ibragimov, Xurshid G‘iyosov, Nurillo To‘xtasinov, Sanjar Rashidov, Mirjahon Mirahmadov.
Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Rasul Yo‘ldoshev, Shahboz Erkinov, Ulug‘bek Abdullaev, Ibrohim Tomiva, Umarali Rahmonaliev, Xurshid Ubaydullaev, Sunnatilla Abdullajonov, Dian Talxatov.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar chempionatning dastlabki turida Toshkentda to‘qnash kelishgandi. O‘shanda "Bunyodkor" "Mash’al"ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
Fikrlar