“Bunyodkor”da o‘ynagan futbolchi Ronalduga maslahat berdi

  • 21.08.2022 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bunyodkor” tarkibida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Braziliya terma jamoasining sobiq yulduzi Rivaldo “Manchester Yunayted” va Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlarini bildirdi.

Tecno

- Klubda zo‘r o‘yinchilar bor, lekin ular jamoaviy ruhni topa olmayapti. Ronaldu ham bundan chetga chiqib qolgan. Shubhasiz, bu holat ashaddiy muxlislarni qayg‘uga solyapti.

Besh-olti yil oldin kimdir menga ser Aleks Fergyuson ketganidan keyin “Manchester Yunayted” shu ahvolga tushishini aytganida, tabiiyki, bunga umuman ishonmagan bo‘lardim.  Chunki “Yunayted” dunyoning eng kuchli klublari qatorida turgan edi va men ular bilan to‘qnash kelgan futbolchi sifatida buni yaxshi bilaman.

Men ular tezroq bu holatdan chiqib, Angliya va Evropaning eng zo‘r jamoalari qatoriga qo‘shilishiga umid qilaman. Chunki ularning joyi o‘sha, - dedi Rivaldo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mansurbek
22/08/2022 15:13
Boshi aylanib bir kelib qolgandi. Sizlarga sarlavha tayyorda.