
"Bunyodkor"ni kimlar tark etdi?
Kecha Superliganing 2-davrasi start oldi.
Davralar oralig‘ida boshqa klublar qatori «Bunyodkor»da bir qator o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xususan, bugungi kunga qadar "qaldirg‘ochlar"ni to‘rt futbolchi tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, ularning ikki nafari mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida boshqa klubda o‘tkazsa, qolgan ikki nafari bilan o‘zaro kelishilgan holda shartnoma bekor qilindi. Jumladan, bosh jamoadan Sardor Azimov «Andijon»ga, «Bunyodkor-2»dan Abbos Jumaqulov «Buxoro»ga ijaraga berildi. Birinchi davrani ijara asosida «Bunyodkor»da o‘tkazgan Sergey Proxorov «Lokomotiv»ga qaytib ketdi. Nodir Mavlonov esa, «Navbahor» bilan shartnoma imzoladi.
Aytish kerak, O‘zbekistonda transfer oynasi 5 avgust kuni yopilishini inobatga oladigan bo‘lsak, jamoada hali yana o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin.
Fikrlar