
"Bunyodkor"ni yana bir o‘yinchi tark etdi
“Bunyodkor” klubini yana bir futbolchi tark etdi. O‘tgan yil boshida “qaldirg‘ochlar” a’zosiga aylangan yarim himoyachi Sanjar Rashidov endi o‘z omadini boshqa klubda sinab ko‘radi. Qolaversa, uning shartnomasi ham yakuniga etdi.
Faoliyatini asosan “So‘g‘diyona”da olib borgan va orada yarim mavsum “Nasaf” uchun ham to‘p surgan ushbu o‘yinchi “Bunyodkor” tarkibida Superliga doirasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Kubok bahslarida esa 4 ta bahsda qatnashdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Sanjar Rashidovga taklif bildirayotgan jamoalar bor. Lekin yarim himoyachining aytishicha, hali qaerda to‘p surishi aniq emas.
Fikrlar