"Bunyodkor"ning sobiq sardori Messini "Barselona"da olib qolish yo‘lini aytdi

  • 3 aprel, 2021, 12:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi hamda “Barselona” va "Bunyodkor" klublarining sobiq hujumchisi Rivaldo kataloniyaliklar rahbariyatiga yozda “Manchester Siti”dan ketishini e’lon qilgan argentinalik hujumchi Serxio Agueroni qo‘ldan chiqarmaslikni tavsiya qilmoqda.

Tecno

“Agueroning kelishi Kataloniya klubi uchun ajoyib yurish bo‘lardi. U darhol jamoaning asosiy hujumchisiga aylanadi. Argentinalik futbolchi Luis Suaresdan so‘ng paydo bo‘lgan yo‘qotishni qoplaydi. Bundan tashqari, Serxio hamyurti Lionel Messi bilan ham juda yaxshi munosabatda. Ushbu transfer Leoni “Kamp Nou”da qolishga ko‘ndirishi mumkin”, - dedi Rivaldo Goal.com nashriga bergan intervyusida.

Messining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Tomonlar kelishuvni uzaytirish bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q.

“Manchester Siti” esa 32 yoshli Agueroning ketishini rasman e’lon qildi. Serxio 2011 yildan buyon “shaharliklar” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!