
"Burgutlar"da yo‘qotishlar, "Lochinlar"da duranglar seriyasi - "Andijon" - "Navbahor" prevyusi
Xabaringiz bor, ertaga Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Navbahor" baxsi bo‘lib o‘tadi. Ikkala jamoa uchun xam navbatdagi 3 ochko suv va xavodek zarur. Bu o‘yin navbatdagi "vodiy derbisi" bo‘lishidan tashqari ham boshqa muhim faktorlarga ega. Xususan, xozirda ikkala jamoada xam natijalar xavas qilarli darajada emas.
Samvel Babayan boshqaruvidagi "lochinlar" garchi yulduzli tarkibga ega bo‘lsa-da, oxirgi 3 ta o‘yindan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Namanganliklar bu davr oralig‘ida hattoki gol urishni xam uddalay olishmayabdi. Natijada chempionlik uchun kurashayotgan klub muhim va qimmatli ochkolarni boy berdi. Ammo klub muxlislarini xursand qiladigan xabar xam bor. Raqibiga nisbatan olsak, "Navbahor"da xamma safda va sog‘lom.
"Andijon"da xam ishlar u qadar joyida emas. Jamoa bu mavsum stabil o‘yin ko‘rsata olmayabdi. Bir qarasa muxlislari yaratgan super atmosfera ostida g‘alabali o‘yinlar namoyish etsa, boshqa payt raqiblariga "Robin Gud" vazifasini bajarib beradi. Xomyakov shogirdlari ertangi printsipial "jang"da borlarini berishlari tabiiy.
Birinchidan, uchrashuv "Bobur Arena"da bo‘lsa, ikkinchidan maydondagi futbolchilar diskvalifikatsiya sabab bahsni o‘tkazib yuboradigan qolgan sheriklarini o‘rnini bilintirmaslikka harakat qiladi. Bunday deyishimizga sabab bor, albatta. Negaki, andijonliklar ertangi bahsda bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov, murabbiylar Aziz Karimov va Elyor Raxmatullaev, shuningdek, futbolchilar Islombek Mamatkazin va Sardorbek Azimovlarninig xizmatlaridan foydalana olmaydi. Shunday bo‘lsa-da Farxod Soxibjonov, Muxammadkarim Toirov va joriy mavsum kashfiyotiga aylanib ulgurgan Bektemir Abdumannonovlar o‘zlarini ko‘rsatib, yana katta saxnaga chiqishlarini kutsa bo‘ladi.
O‘zaro o‘yinlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ikkala jamoa hozirga qadar O‘zbekiston chempionatlari doirasida 54 bor kuch sinashgan. 27 uchrashuvda "Navbaxor"ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, yana 12 uchrashuv "Andijon" foydasiga xal bo‘lgan. Qolgan 15 uchrashuv durang natija bilan yakunlangan. To‘plar nisbati - 51:77, namanganliklar foydasiga. O‘tgan yili Namanganda kechgan 1-davradagi uchrashuvda mezbonlar 1:0 xisobida zafar quchgan bo‘lsa, 2-davrada 2:1 xisobi qayd etilib, unda "burgutlar"ning qo‘li baland kelgan. Shuningdek, bu yil xisobidan jamoalarning yo‘llari O‘zbekiston kubogi guruh bosqichida xam kesishgan va unda 2:1 natijasi qayd etilgan bo‘lib, Samvel Babayan shogirdlari g‘alaba qozongandi.
"Andijon" va "Navbaxor" jamoalari o‘rtasidagi "olovli" to‘qnashuv 26 iyun kuni soat 20:00 da "Bobur Arena"da start oladi.
Humoyunmirzo Ergashev.
Fikrlar