Buskets: "Hisobda yutqazgan bo‘lsak ham vaziyatlar yaratishda MYudan qolishmadik"

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" futbolchisi Serxio Buskets "Manchester Yunayted"ga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. 2:0 hisobida oldinda borayotgan bo‘lishimiz ham mumkin edi. 

Ikkinchi taymda raqib o‘yinni o‘zgartira oldi. Biz kurashni davom ettirdik. Afsuski, bu ijobiy natija uchun etarli bo‘lmadi.

Hisobda yutqazgan bo‘lsak ham vaziyatlar yaratishda MYudan qolishmadik. Uchrashuvni mayda detallar hal qilib ketdi va biz musobaqa bilan erta xayrlashdik", - dedi ispaniyalik yarim himoyachi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!