Buskets Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaydimi?

  • 7 iyul, 2021, 14:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yarim himoyachisi Serxio Buskets Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida berilgan savolga javob berdi.

Tecno

“Hozircha bilmayman. Hozir bu haqda o‘ylashning vaqti emas. Endi siz jamoani yaxshi o‘yin uchun maqtashingiz kerak. Ushbu jamoaning kelajagi umidli ko‘rinadi va bu mening ushbu jamoada bo‘lish yoki bo‘lmasligimga bog‘liq emas”, - dedi Buskets.

Ispaniya terma jamoasidan ustun kelgan Italiya finalda Angliya va Daniya juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.

Serxio Buskets 2009 yildan buyon Ispaniya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!