Butun dunyo sportchilari Mbappega havas qilmoqda
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klub bilan yangi shartnoma imzolaganidan keyin dunyoda eng ko‘p maosh oladigan sportchiga aylandi, deb xabar bermoqda Marca nashri.
Avvalgi rekord natija Mbappening jamoadoshi Lionel Messiga tegishli bo‘lib, Forbes nashri ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik yulduz bir yilda 130 millionov evro ishlab topgan.
Yangi ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar Mbappega 300 million evro miqdorida shartnoma bonusi va yiliga 100 million evro atrofida maosh to‘laydi.
23 yoshli hujumchining shartnomasi 2025 yilgacha davom etadi.
Mbappe yakunlangan mavsumda 46 ta o‘yinda 39 ta gol va 26 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar