Butunjahon armiya o‘yinlari. Madiyar Saidrahimov raqibini ilk raundda nokautga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi
Xitoyning Uxan shahrida Butunjahon armiya o‘yinlari davom etmoqda. Boks bo‘yicha Madiyar Saidrahimov ringga ko‘tarildi.
Hamyurtimiz final jangida qozog‘istonlik Abzal Quttibekovga qarshi jang olib bordi va birinchi raundning o‘zida raqibini nokautga uchratdi.
Eslatib o‘tamiz, bokschilarimiz umumiy hisobda 2 ta oltin va 2 ta kumush medallariga ega chiqishdi.

Fikrlar