Butunjahon armiya o‘yinlari. Shunqor Abdurasulov finalda!

  • 25.10.2019 12:21
  • 0
  • Boks

Xitoyning Uxan shahrida Butunjahon armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Boks bo‘yicha yarim finalda hamyurtimiz Shunqor Abdurasulov navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Terma jamoamiz vakiliga yarim finalda rossiyalik Shaxriyor Ahmedov raqiblik qildi. 3 ta hakam ochkolarni 30:27, 29:28, 29:28 ko‘rinishida Abdurasulovning foydasiga hisoblagan bo‘lsa, yana 2 ta hakam 28:29 va 27:30 ko‘rinishidagi ochkolarni Rossiya terma jamoasining bokschisini foydasiga hal qildi. Umumiy ko‘rinishda Abdurasulov 3:2 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, 26 oktyabr kuni Abdurasulov yarim finalning ikkinchi juftligi g‘olibi bilan oltin medal uchun ringga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!