Butunjahon armiya o‘yinlari. Svetlana Osipovada ham oltin medal!

CHERY AUTO

Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya o‘yinlari davom etmoqda.

+73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi Svetlana Osipova finalda frantsiyalik Solene Avoulette bilan jang qildi. Keskin kurashlarga boy bahsda hamyurtimiz 8:3 hisobida g‘alaba qozondi va chempionga aylandi!

Bunga qadar Osipova musobaqada italiyalik Laura Jiakominini (9:2), rossiyalik Olga Muzichkani (13:1) mag‘lub etgan edi.

Kecha taekvondochilardan Madinabonu Mannopova, bugun Ulug‘bek Rashitov oltin medallarni qo‘lga kiritgandi. Sardor Toirov esa kumush medalga ega chiqqandi.

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!