BUUUM! "Real" hujumchisi "Al-Nassr"ga o‘tishi kutilyapti (foto)

  • 12 yanvar, 2023, 19:15
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real" Madrid hujumchisi Eden Azar faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. 

Azarni "Lill"dagi faoliyati bilan yaxshi biladigan murabbiy Rudi Garsiya allaqachon belgiyalik futbolchi bilan aloqaga chiqqan. Bu haqda "Foot Mercato" nashri xabar bermoqda. 

Qayd etish lozim, "qirollik klubi" ayni vaqtda Ispaniya Superkubogida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi. Garsiya Azar bilan ko‘rishib, "Al-Nassr" libosini 32 yoshli vingerga sovg‘a qilishga ham ulgurgan. 

Bez nazvaniya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!