"Buxoro" bosh direktori: "Natija qoniqarli emas, hammasini bosh murabbiyga qo‘yib bergandik. Endi esa..."

  • 26 iyun, 2022, 19:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z oldiga Superligaga qaytish vazifasini qo‘ygan “Buxoro” hozircha natijalari bilan maqtana olmayapti. Boisi, 13 ta turda klub 21 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turibdi.

Tecno

Pro liga yozgi tanaffusga chiqdi va klublar endi ta’tilda. Yangi oydan yig‘inlarga kirishiladi. Endi barcha jamoalar tayyorgarlikka hamda selektsiya ishlariga e’tibor qaratadi.

“Buxoro” ham bu borada jim turmoqchi emas. Klub bosh direktori O‘tkir Qodirov ayrim savollarimizga javob qaytardi.

- “Buxoro” jamoasining yozgi tayyorgarlik rejasi qanday?

- Jamoa a’zolariga bir haftalik ta’til berganmiz. 2 iyul kuni barchasini yig‘aman. Bosh murabbiy bilan shunday qarorga kelganmiz. O‘sha kuni hamma futbolchi Buxorodagi qarorgohimizda to‘planadi. Shu erda bir haftalik mashg‘ulot bo‘ladi. Shundan keyin qaerda yig‘in o‘tkazishimiz hozircha aniq emas. Rejamizda Toshkentda shug‘ullanishimiz ham mumkin.

- Klub rahbari sifatida ortda qolgan 13 ta tur bo‘yicha “Buxoro”ning ishtirokiga qanday baho bergan bo‘lardingiz?

- Ha, 13 ta tur o‘tdi. Ochig‘i, fikrim unchalik yaxshi emas. Chunki ijobiy natijalar ko‘rsatganimiz yo‘q. To‘g‘ri, kuchli beshtalikda turibmiz, jadvalda 4-pog‘onadamiz. Ammo bu meni qoniqtirayotgani yo‘q. Bizni xursand qiladigan holat emas. Transfer oynasi ochilganida jamoamizga 7-8 nafar futbolchi olib, tarkibni imkon qadar kuchaytirmoqchimiz.

buxoro 22

- “Buxoro”da tarkib yaxshi edi, sharoit yaratilgan, mablag‘ masalasida jiddiy muammo yo‘q. Qiziq, nima etishmayapti, yana?

- Qarzdorligimiz yo‘q. O‘tgan yilgi qarzdorliklar uchun deyarli 4 milliard so‘m sarfladik. Ishchi-xodimlardan, futbolchilardan qarzimiz yo‘q. Moliyaviy jihatdan muammo yo‘q. Nima deyishga ham hayronman. Murabbiy kelsa, birgalikda o‘tirib buni yana muhokama qilamiz. Biz tomondan barcha sharoitlar yaratib berilyapti, pullar vaqtida to‘lanyapti. Hammasini murabbiyga qo‘yib bergandik, jamoaga birorta o‘yinchini taklif qilmadik, barchasini bosh murabbiyning o‘zi istab chaqirgan. Endi yozda tarkibning 30-40 foizini almashtirishga harakat qilamiz.

- Baribir Fuzaylov yaxshi natija qila olmayapti, jamoadan ketishi mumkin, degan gap-so‘zlar yuribdi. Rahbariyatni bosh murabbiy bo‘yicha pozitsiyasi qanday? Yoki boshqa variantlar ko‘rib chiqilyaptimi?

- Variantlarni o‘ylab ko‘ramiz. Hozircha bir qarorga kelganimiz yo‘q. 2 iyul kuni Hakim Fuzaylov boshchiligida yig‘inni boshlaymiz. Ungacha rahbarlar bilan maslahatlashib ko‘ramiz.

buxoro3_5

- Rostini ayting-chi, Fuzaylovga nisbatan rahbariyatning ishonchi qolganmi?

- Ishonchi qolgan. Hali rahbariyat murabbiy masalasida menga hech qanaqa e’tiroz bildirishgani yo‘q. Bu masala bo‘yicha barchamiz gaplashamiz. Faqat Hakim Qayumovich bir-ikki marta o‘yinlardan keyin ketishim mumkin, degan gaplarni aytgandi. Shunda murabbiyga orqaga yo‘l yo‘q, jamoani birgalashib oldikmi, oxirigacha kurashib, Superligaga olib chiqishimiz kerak, deb aytdim. “Turon”ga yutqazganimizdan keyin ham ketish haqida gap ochganida “Zomin” bilan bahsga jamoani o‘zi tayyorlashini aytganman. Hozircha Hakim Fuzaylov biz bilan birga.

- Hozirgi paytga kelib qaysi futbolchilar bilan xayrlashildi?

- 2 iyul kuni yig‘ilaylik. Hali bir qarorga kelganimiz yo‘q. Bu masalada murabbiyni ham fikrini eshitmoqchiman. Bir o‘zim qaror chiqarmayman. Futbolchilarni murabbiy o‘ynatadi. Qaysi biri kerak emasligini o‘zi aytadi. Legionerlarga javob bermoqchi edik. Hozircha bir haftalik ta’tilga chiqishgan, ular ham.

- Yangi futbolchilardan kimlar bilan kelishuvga erishildi?

- Transfer oynasi ochilsin. Albatta, ko‘z ostimizga olib qo‘yilgan futbolchilar bor. Ular bilan muzokara olib boriladi. 5-6 ta o‘yinchilar ro‘yxatimizda turibdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
grossmeester@mail.ru
27/06/2022 19:03
дарров мураббийни алмаштир оркасига теп кайтиб келмайдиган килиб кейин янги мураббий олиб кел янгидан бошла хаммасини кейин уни хам оркасига тепиб хайда яна янгисини олиб кел яна янгидан бошла
футболчиларни 30-40% кам бу 100% янги футболчиларни олиб келиб янгидан бошла хаммасини
эски футболчиларни хам оркасига тепиб хайданглар кайтиб келмайдиган килиб
кейин янги олиб келган футболчиларингни хам яна янгисига алмаштир яна алмаштир яна алмаштир ва хакозо
&
salahidin
26/06/2022 21:00
Нимани уйлайсанлар бухоро чиколмайди агар Фузайловни колдирсангла хужумкор мураббий керак жамоага 90% уйинчиларни алмаштириш керак