
"Buxoro" bu safar "Lokomotiv"ga yutqazdi (video)
Bugun Coca Cola Superligasining 16-turida “Buxoro” va “Lokomotiv” o‘zaro bahs olib bordi.
Muborakda kechgan bellashuv 1:3 hisobida “temiryo‘lchilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Poytaxt jamoasi safida gollarni Temurxo‘ja Abduxoliqov, Marat Bikmaev hamda Azizbek Amonov kiritdi. Buxorliklarning yagona goliga Behruz Sadilloev mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar