
"Buxoro" bugun Antaliyadagi so‘nggi nazorat o‘yinini o‘tkazadi
“Buxoro” futbolchilari bugun Turkiyadagi yig‘in doirasida so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishadi.
Raqib Armaniston oliy liga ishtirokchisi “FK Alashkert” jamoasi.
Ma’lumot o‘rnida, “Alashkert” Armaniston poytaxti Erevan shahri jamoalaridan biri hisoblanadi. O‘tgan mavsum Armaniston oliy ligasida uchinchi o‘rin, 2021 yilgi mavsumda esa chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Ayni damda chempionatda to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi hamda UEFA reytingida 137-jamoa hisoblanadi.
“Buxoro” matbuot xizmati.
Fikrlar