
"Buxoro" klubi matbuot xizmati bosh murabbiy borasida rasmiy ma’lumot berdi. Jamoada o‘zgarish bo‘ldi
"Buxoro" jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, bosh murabbiy Muhsin Muxammadiev bilan muzokaralar olib borgan jamoa rahbariyati o‘zaro kelishgan holda, o‘rtadagi shartnomani bekor qilib, xorijlik mutaxassis bilan do‘stona xayrlashdi.
Jamoa bosh murabbiyi etib mahalliy mutaxassis Jamshid Saidov tayinlandi. Murabbiy bundan oldin ham “Buxoro” jamoasida faoliyat olib borgan. Saidov boshchiligida jamoa 2016 yilgi mavsumda to‘rtinchi o‘rinni qayd etgan.
Fikrlar