"Buxoro" klubiga yangi bosh direktor tayinlandi. Siz uni yaxshi taniysiz!

  • 09.01.2024 19:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Joriy yilning 9 yanvar kuni «Buxoro» professional futbol klubi anjumanlar zalida navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Mirali Xamraev, viloyat neftni qayta ishlash zavodi boshlig‘i Alisher Fozilov, hamda «Buxoro» futbol klubi rahbariyati, ishchi xodimlari va jamoa ishqibozlari ishtirok etishdi.

buxoro salomov2

Yig‘ilish davomida mazkur klubdagi ayni damdagi vaziyatlar, «Buxoro sport majmuasi»dagi chimning holati va yig‘ilishning asosiy kun tartibidagi, futbol klubiga yangi rahbar tayinlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra «Buxoro» professional futbol klubi bosh direktori etib Salomov Shavkat Rasulovich tayinlandi.

buxoro salomov

Shuningdek, Shavkat Rasulovichga ma’lum majburiyatlar ya’ni bular: jamoa moliyaviy holatini yaxshilash, homiylik mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish, mavjud kreditor qarzdorliklarni shu jumladan oylik ish haqidan qarzdorliklarni bartaraf etish choralarni ko‘rish hamda kelgusi 2024 yilda jamoani Pro ligadan Superligaga olib chiqish kabi vazifalar yuklatildi.

"Buxoro" futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!