"Buxoro" "Lokomotiv" bilan durang o‘ynadi, tarkibda esa yangi futbolchilar bor

  • 08.08.2020 00:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Buxoro” klubi ayni paytda Toshkentda mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Yangi bosh murabbiy Jamshid Saidov esa jamoa o‘yinini yaxshilash uchun astoydil ishga kirishgan. Toshkentdagi yig‘in davomida esa buxoroliklar “Lokomotiv”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi va unda 1:1 hisobi qayd etildi. “Buxoro”dan Suhrob Ne’matov raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

“Buxoro”ning asosiy tarkibi: Zafar Safoev, Maksimilian Fomin, Abror Xusinov, Jamoliddin Jumaev, Ergash Ismoilov, Behruz Saidov, Jasur Hasanov, Behruz Sa’dullaev, Ibrohim Yo‘ldoshev, Aziz Omonov, Jasur Hakimov.

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushganlar: Soli Karimov, Bobur Omonov, Ilhom Alijonov, Abbos Jumanqulov, Anvar Jo‘raev, Suhrob Ne’matov, Izzat Abdullaev, Zohir Pirimov, Shahzod Beshimov.

Tarkibda esa o‘zgarishlar yo‘q emas. Jumladan, “Qizilqum”dan Ilhom Alijonov, “Oq-tepa”dan Maksimilian Fomin hamda “Paxtakor”dan Ibrohim Yo‘ldoshev “Buxoro”ga taklif etilgan.

Shuningdek, tez orada jamoaga yana bir qator yangi o‘yinchilarning qo‘shilishi kutilmoqda. Navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi 10 avgustga mo‘ljallangan. Shu kuni “Buxoro” O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bilan o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!