"Buxoro" murabbiyi: Durang biz uchun yaxshi natija
«O‘yin juda qiyin o‘tdi. «Nasaf» kuchli jamoa. Albatta, ular ustunlikka erishdi va ko‘plab vaziyatlar yaratdi. Yigitlarga rahmat aytaman, ular qiyin vaziyatda konsentratsiyani o‘z qo‘llariga ola bilishdi. Ko‘rinib turibdi, «Nasaf» qattiq shug‘ullangan. Biz safarda ochko qo‘lga kiritishga erishdik. O‘tgan mavsum g‘alaba qozonib qaytgandik, bu gal durang. Bizning legionerlarimiz etib kelib ulgurmadi. Shuni inobatga olib buni yaxshi natija, deb hisoblayman. Jamoa oldiga har bir o‘yinga so‘nggi imkoniyatdek maydonga tushib, iloji boricha ko‘proq g‘alabalarga erishish qo‘yilgan».

Fikrlar